Biroq hozircha bunday murakkab jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda o‘tkazilmaydi. Buning uchun Boburjon Rossiyaga borishi kerak. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “A.N.Bakulev nomidagi Yurak-qon tomir jarrohligi tibbiy milliy tadqiqot markazi” federal budjet tibbiyot muassasasida ayni kasallik davolanadi. 

Bolakayning ota-onasi ilk farzandlarining sog‘ayib ketishi uchun barcha narsaga tayyor. Birgina otaning harbiy sohada ishlashi sababli moddiy imkoniyat yo‘qligi bolaga shoshilinch tibbiy ko‘mak berishga va uning yurak porogidek xastalikdan forig‘ bo‘lishiga imkon bermayapti. 

Shu sababli ular imkoniyati bor hamyurtlari, vatandoshlarimizdan yordam so‘rab, xayriya aksiyasi o‘tkazishni iltimos qilib KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilishdi.

Boburjonning kasallikdan qutulishi uchun 10 ming dollar kerak bo‘ladi. Bu o‘zbek so‘mida 80 mlndan ortik mablag‘ deganidir. 

KUN.UZ’ning hurmatli va xayr-ehsonni xush ko‘ruvchi saxovatpesha o‘quvchilari, Boburjonning shifo topib, kasallikdan forig‘ bo‘lishiga hisssamizni qo‘shaylik. Uning va ota-onasining xursandchiligiga sherik bo‘laylik. Har kim imkoni darajasida yordam qo‘lini cho‘zsa, toma-toma ko‘l bo‘lganidek, Boburjon uchun ham zarur mablag‘ sanoqli kunlarda to‘planishiga shubha qilmaymiz. Imkoni yo‘qlar g‘oibona duolarida eslab qo‘yishsa, ma’naviy yordam bergan bo‘lishadi. 

Boburjonning onasi Turg‘unova Moxinisa 

+998 90 741 75 44

Plastik karta raqami: 8600 0417 7429 4285 
(PAYME va Click, Agrobank)

Xorijdan pul o‘tkazish uchun:
Turgunova Mokhinisa
22618840999456975200
SWIFT: INIPUZ22

Mazkur xayriya aksiyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etganlardan Alloh rozi bo‘lsin!