Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga safari

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Jinpingning taklifiga binoan 11 may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga yetib bordi.

Tashrifning asosiy voqealari 12—13 may kunlariga belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, 14—15 may kunlari Pekin shahrida «Bir kamar, bir yo'l» xalqaro forumida ishtirok etadi.