16:46 / 06.02.2024
6909

Chang bo‘roni sabab Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot poytaxt aeroportiga qaytdi 

Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentga qo‘ngan, yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda. 

Foto: Uzbekistan Airports

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Buxoro yo‘nalishida parvoz qilgan HY23 yo‘lovchi reysi poytaxt aeroportiga qaytgan. “Uzbekistan Airports”ning xabar berishicha, samolyot ekipaji Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti, chang bo‘roni tufayli uchish aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan. 

Bortida 125 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da Toshkentga qo‘ngan. Samolyot yaqin soatlarda Buxoro aeroportiga uchib ketishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston aeroportlar xizmati parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkinligini eslatgan.

Top