10:17 / 01.05.2024
2271

Toshkent viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

1−8 may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

“O‘zgidromet” agentligi 1−8 may kunlari Toshkent viloyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli viloyatning Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi tog‘lari) tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chishi yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top