13:49 / 11.05.2024
3870

Toshkentdagi maktabda qartabozlik qilgan o‘quvchilarning ota-onasidan jarima undirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktabda o‘quvchilar qartabozlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt MMTB holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022-2023 o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda kuzatilgan. O‘quvchilar ustoziga bildirmasdan qartabozlik qilishgan, bu holatni o‘qituvchi ko‘rmagan.

Bu voqea o‘sha paytning o‘zida maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. 

O‘z navbatida, o‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. 

Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.

Mavzuga oid
Top