20:39 / 20.05.2024
16470

«Qamchiq» dovonida yukni g‘ayrioddiy usulda tashigan haydovchi jazolandi 

Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi yukni yon tomonga bog‘lab harakatlangan va yuk tashish qoidalarini buzgan.  

Foto: Videodan kadr

«Qamchiq» dovonida joylashgan «Chinor» YPX maskanida yukni g‘ayrioddiy usulda tashiyotgan haydovchi aniqlandi. 

Qayd qilinishicha, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi yukni yon tomonga bog‘lab harakatlangan va yuk tashish qoidalarini buzgan. 

Ta’kidlanishicha, YPX xodimlari tomonidan haydovchi bilan profilaktik-tushuntirish ishlari olib borilgan va unga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rilgan. Xabarda qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan. 

Top