10:30 / 20.05.2024
6664

Toshkentda yuqori bosimli yerosti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlandi

Yunusobod tumanining 19-mavzesida yuqori bosimli yerosti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlandi. 

Foto: Hududgaz Poytaxt

“Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, holatni bartaraf etish maqsadida 20 may kuni soat 03:40 da tumanning “Obod”, “Oqtepa”, “Bobodehqon” MFY va Shifokor ko‘chasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Bunda:

  • aholi iste’molchilari - 225 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uylardagi 146 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni - 1 ta;
  • AGTKSh - 3 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Top