17:00 / 21.05.2024
5151
Reklama

Kia yana eng zo‘rlar ro‘yxatida: ketma-ket ikkinchi yil Kia «Yil brendi» nominatsiyasini qo‘lga kiritmoqda

Foto: Kia

2024 yilning 18-19 may kunlari Toshkent shahrida «MAKON Marketing Forum 2024» VI Xalqaro biznes forumi doirasida O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan har yili o‘tkaziladigan VII «Yil brendi 2023» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Iste’molchilar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, ADM Global kompaniyalar guruhi rasmiy distribyutori bo‘lgan Kia brendi uchta mukofotga sazovor bo‘ldi.

Ketma-ket ikki yil mobaynida Kia, xalq vakillari orasidagi ovoz berish (birinchi mukofot) va ekspert hakamlar hay’ati (ikkinchi mukofot) ovoz berishi natijalariga ko‘ra «Transport» toifasida «Yil brendi» mukofotiga loyiq topildi. «Yil brendi» tanlovida 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etib, ular 25 nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlar unvoniga erishish uchun kurashdilar. G‘oliblar 350 ming nafarga yaqin insonlar ishtirok etgan Telegram-bot orqali umumxalq ovoz berilishi yordamida aniqlandi. Shuningdek, turli kategoriyalar bo‘yicha eng muvaffaqiyatli brendlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan taklif etilgan 130 nafar hakamlar hay’ati a’zolari va hamkorlar o‘rtasida ekspert ovoz berish ham o‘tkazildi.

Foto: Kia

ADM Global kompaniyalar guruhining marketing faoliyati ham iste’molchilar, ham mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Natijada, Kia brendi yana bir qo‘shimcha – «2023 yilda O‘zbekistondagi avtomobil brendlari o‘rtasidagi marketing faolligi yetakchisi» mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu Kia’ning «MAKON Marketing Forum 2024» VI Xalqaro biznes forumidagi erishgan uchinchi mukofoti bo‘ldi.

Shuningdek, ko‘rgazmalar zalida 2 ta avtomobil – yangi Kia Sonet shahar krossoveri va yangilangan Kia Sorento (2024 y.) namoyish etildi. Forumning barcha ishtirokchilari mashhur avtomobillar bilan yaqindan tanishish va menejer maslahatini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistondagi Kia brendi erishilgan yutuqlari bilan cheklanib qo‘ymay, servis xizmat, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ularning ehtiyojini qondirish sohalarini takomillashtirishni davom ettirib, shuningdek, O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining yetakchisi sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlash maqsadida yuqori sifatli avtomobillar va ajoyib egalik tajribasini taqdim etishga intilmoqda.

Kia avtomobillarining O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi, O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavodi bo‘lmish – ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.

Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Kia’ning O‘zbekekistondagi tezkor axborot liniyasi: +998 55 500 83 33

YouTube | Instagram | Facebook | Telegram

Mavzuga oid
Top