16:30 / 06.05.2024
1089
Reklama

Andrzej Malinowski EUROUZ biznes-nonushtasida: Beeline Uzbekistan tajribasi va xorijiy investitsiyalar

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski EUROUZ biznes-nonushtasida o‘z tajribasi va bilimi bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar sohasida fikr va istiqbollar almashish uchun maydonga aylandi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi muhim tadbirlardan biri – EUROUZ biznes-nonushtasida ishtirok etdi. 3 may kuni Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik uyushmasi (EUROUZ) tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hamda mamlakatdagi sarmoyaviy imkoniyatlarni ko‘rib chiqayotgan Yevropa kompaniyalari rahbarlari yig‘ildi. Biznes-nonushtani Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian ochdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Andrzej Malinowski o‘z nutqida Beeline Uzbekistan bozorda 18 yillik faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi haqida gapirdi. Bugungi kunda digital-operator 8 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatib, 2 mingga yaqin aholini ish bilan ta’minlamoqda. Beeline Uzbekistan O‘zbekistondagi mobil aloqa sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi: kompaniyaning respublika budjetiga soliq to‘lovlari 2 milliard dollardan ziyod. Kompaniyaning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalari allaqachon 1,5 milliard dollardan oshgan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.

Shuningdek, Beeline Uzbekistan mamlakatdagi texnologik innovatsiyalar bo‘yicha yetakchilardan bo‘lib, 4G texnologiyasi bilan aholini qamrab olish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Kompaniya IT Park’ning faol rezidenti bo‘lib, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti (TIUE) bilan hamkorlikda yaratilgan Beeline Academy kabi qator ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshiradi. Beeline Uzbekistan professional ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mahalliy ta’limni rivojlantirish uchun mablag‘ va kuch sarflaydi.

«Biz EUROUZ’ning Premium a’zosi bo‘lganimizdan mamnunmiz. Bu bizga O‘zbekistonni rivojlantirishda, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida yanada faolroq ishtirok etish va tajribamizni boshqa kompaniyalar bilan bo‘lishishga imkon beradi. Ishonamizki, biz birgalikda O‘zbekistonni biznesni rivojlantirish uchun yanada jozibador joyga aylantira olamiz», deya xulosa qildi Beeline Uzbekistan bosh direktori.

EUROUZ O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlari va bozor sharoiti bo‘yicha axborot, tahliliy va maslahat yordamini taqdim etishda yetishmayotgan bo‘g‘in sifatida xizmat qilishga intiladi. Biznes-nonushta Yevropa ishbilarmonlari rahbarlariga O‘zbekistonga xorijiy sarmoya kiritish istiqbollari yuzasidan fikr almashish, hamkorlik va rivojlanishning istiqboldagi imkoniyatlarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Top