10:39 / 04.12.2018
13310

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol 4 yilga qamaldi. U o‘z farzandini sotib yuborgan

Foto: Valeriy Melnikov

Sankt-Peterburgda sud o‘zbekistonlik ayolni yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringani uchun uch yil va sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Bu haqda shahar sudlari matbuot xizmati xabar qildi.

Aniqlanishicha, ayol 7 sentabr kuni farzandini dunyoga keltirgan. Moddiy qiyinchiliklar tufayli bolani sotishga qaror qiladi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralariga ma'lum bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Nilufar Abdullayeva tezkor-qidiruv tadbiri doirasida xaridor sifatida o‘zini ko‘rsatgan ayolga chaqaloqni bergan. «Kelishuv» narxi 280 ming rubl (4 ming dollardan ortiq)ni tashkil etdi. Shundan keyin ona qo‘lga olindi. Chaqaloq olti kunlik bo‘lgan.

Ayolga nisbatan odam savdosi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning sudda aniqlik kiritishicha, moddiy qiyinchiliklar tufayli bolani sotishga qaror qilgan, olingan pullar evaziga esa vataniga qaytmoqchi bo‘lgan.

Sudlanuvchi Rossiyada noqonuniy ravishda ishlab, yashab kelgan. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, ayolning eri bo‘lgan, u xotini chaqaloqni sotish rejasida bo‘lganini bilmagani aytiladi. 

Mavzuga oid
Top