23:29 / 12.04.2018
13891

Mettis AQShning Suriyada bo‘lishining maqsadini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh Suriyadagi fuqarolik urushiga aralashmoqchi emas, uning Suriyada bo‘lishidan maqsad IShID ustidan g‘alaba qozonishdir, deb ma'lum qildi AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis AQSh kongressi vakillar palatasining qurolli ishlar qo‘mitasidagi jarayonda.

“Avvalgi va hozirgi ma'muriyat Suriyadagi maqsadimiz IShID ustidan g‘alaba qozonishligini aniq tushuntirib qo‘ydi, biz fuqarolik urushiga aralashmaymiz”, deb aytgan Pentagon rahbari kongressmenlar savollariga javoban.

Pentagon rahbari o‘tgan yil Suriyaga berilgan zarba kimyoviy hujumga javob bo‘lganini aytgan. Mettis, shuningdek, Rossiyani Suriya rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashda va xalqaro hamjamiyatning Suriyadagi vaziyatni tartibga solishdagi sa'y-harakatlariga putur yetkazishda aybladi.  

“Biz urushni BMT tomonidan tashkillashtirilgan Jyenevadagi muzokara jarayoni orqali to‘xtatishga sodiqmiz, biroq bunda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi, chunki Rossiya bu sa'y-harakatlarga to‘sqinlik qilmoqda. Biroq bu bizning taslim bo‘lishimizni anglatmaydi”, deb aytgan Mettis.

 

Mavzuga oid
Top