16:57 / 03.05.2018
31967

Shavkat Mirziyoyev yangi haydovchilik guvohnomasini berish tizimini yuqori baholadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lganida haydovchilik guvohnomasi berish jarayonini bevosita kuzatdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumki, O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmoqda. Bu guvohnomalarga ID maqom berilgan. Ya'ni, ularga mikrochip o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsning pasport ma'lumotlari kiritiladi. Pasport bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga o‘tadi.

Davlat rahbari haydovchilik guvohnomasi almashtirish tizimini yuqori baholadi.

Top