12:28 / 25.09.2020
37879

OAV: O‘zbekistondagi kompaniya Rossiya jamg‘armasi bilan vaksinani yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzdi

Rossiya bevosita investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million dozagacha «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda RBK jamg‘arma matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

«O‘zbekistonning nazorat qiluvchi organlari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, 2020 yilda respublikaga 10 million dozaga qadar, 2021 yilda esa 25 million dozaga qadar vaksina yetkazib berilishi mumkin», - deyiladi xabarda. 

9 sentyabrda Rossiyada «Sputnik V» bilan emlash boshlandi. Ilk emlashlar Moskvada o‘tkazildi.

Gap Gamalei nomidagi markazda ishlab chiqilgan va avgust oyida ro‘yxatga olingan (dunyoda birinchi) vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichida ishtirok etadigan 40 ming ko‘ngilli haqida bormoqda. 

Avgust oyida Qozog‘iston ushbu fond bilan barcha sinovlar o‘tganidan so‘ng 2 milliondan ortiq dozadagi vaksinani yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagandi. Jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyevning aytishicha, Rossiya xorijiy sheriklar bilan birgalikda beshta davlatda, xususan BAA, Saudiya Arabistoni va Filippinda yiliga 500 million dozadan ortiq vaksina ishlab chiqarishi mumkin.

Sal avval xalqaro olimlar guruhi Lancet jurnalida chop etilgan rus vaksinasi haqidagi maqola grafikalardagi takrorlanish va boshqa noaniqliklarni payqashdi. Olimlar jurnal muharriri va maqola mualliflariga aniqlangan statistik anomaliyalarni oydinlashtirishni so‘rab murojaat qilishdi. 

Nashr qilingan ma'lumotlar ishonchli va aniq, ularni Lancet'ning besh nafar retsenzentlari ko‘rib chiqqan, dedi Gamaleya nomidagi markazning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Denis Logunov. 

Mavzuga oid
Top