Jamiyat | 15:44 / 30.11.2017
34282
2 daqiqa o‘qiladi

Mushuklar aqllimi yoki itlar? Olimlar javobni aytishdi

Foto: Thinkstock

Itlarning bosh miya qobig‘ida neyronlar mushuklarga qaraganda ikki barobarga ko‘proq. Bu yer fikrlash, rejalashtirish va murakkab xatti-harakat uchun javob beradi, deb aniqlashdi olimlar. Ish natijalari Frontiers in Neuroanatomy jurnalida e'lon qilindi.

Tadqiqotchilar bir necha hayvonlar turlari, jumladan mushuklar, itlar, sherlar, qo‘ng‘ir ayiqlar, yenotlar, sassiqkuzanlarning miyasini taqqoslashdi. Ma'lum bo‘lishicha, itlarning bosh miya qobig‘ida 530 million neyronlar bor bo‘lsa, mushuklarda bu ko‘rsatkich – faqatgina 250 million (taqqoslash uchun, inson bosh miya qobig‘ida taxminan 16 milliard neyronlar mavjud). Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, aynan shu qismdagi neyronlar miqdori hayvonlarning avvalgi tajribadan kelib chiqqan holda xulosa qilish imkoniyatini belgilaydi.

Biroq, ish mualliflarining fikriga qaraganda, mushuklar ham ahmoq emas, shunchaki ularni o‘rganish bir qadar mushkul. Masalan, 2017 yilning boshida yaponiyalik olimlar mushuklar itlardan ahmoqroq emasligi haqidagi xulosaga kelishdi – ular o‘zlari bilan nima yuz berayotgani eslab qolish, hamda kerak bo‘lganda xotiradan kerakli ma'lumotni olishlari mumkin.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar e'tiborini yenotlar o‘ziga tortdi – kichik hajmlarga qaramay, ular bosh miya qobig‘idagi neyronlar soni bo‘yicha itlardan qolishmaydi.

Mavzuga oid