08:36 / 08.11.2019
0
16836

Paxta bo‘yicha yangi idoralararo komissiya tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi.

Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

hududlarning salohiyatini yanada rivojlanish istiqbollari, infratuzilmasi, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqib paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

paxta xomashyosi yetishtirishning samarali usullarini keng joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar yetishtirish va ushbu maqsadlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;

paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatida yuzaga keladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqilishini ta'minlash.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya
TARKIBI

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top