12:20 / 22.03.2018
19835

Bugun prezident qishloq xo‘jaligidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan videoselektor o‘tkazadi

Bugun, 22 mart kuni soat 18:00da O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Kun tartibi:
«G‘alla parvarishida favqulodda holat» davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlashda viloyat va tumanlar rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish;
2018 yil hosili uchun chigit ekish mavsumini yuqori darajada uyushqoqlik bilan va sifatli o‘tkazish uchun mutasaddilar va sektor rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati;
Davlat buyurtmasi uchun g‘alla va paxta yetishtirishni kafolatli moliyalashtirish bo‘yicha joriy qilingan yangi tizim afzalliklari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mo‘l hosil olishda «Tomorqa xizmati» tuzilmalarining afzalliklari, tomorqada aholining mehnat bilan bandligini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, prezident Toshkentdan Samarqandga borishda g‘alla maydonlari holatini ko‘rib, holatdan norozi bo‘lgan.

«Yig‘ilishda bu yilgi g‘alla hosili qanday bo‘lishi, dehqon va fermerlar bu yilgi mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani, rejalar qay darajada bajarilishi xususidagi savollarga javob izlanadi», deyiladi manba ma'lumotida.

Top