14:21 / 27.01.2019
28564

Yoshlar Ittifoqi «uyushmagan yoshlar» terminiga izoh berdi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev ko‘pchilikni o‘ylantiradigan rasmiy foydalanishda bo‘lgan termin – «uyushmagan yoshlar»ga izoh berdi.

Uning aytishicha, termindan foydalanishga ikkita asos bor. 

«Birinchidan, xalqaro tajribada, xususan Qirg‘iziston, Rossiyada ushbu termindan foydalanishni o‘rgandik. 

Ikkinchidan, ayrim kategoriyaga mansub yoshlar mavjud. Masalan, o‘qishga kirolmagan, jamoat ishlarida faol bo‘lmagan, Yoshlar Ittifoqi to‘liq ma'lumotga ega bo‘lmagan yoshlar, ishlamaydi yo jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoshlarga nisbatan «uyushmagan» so‘zi qo‘llanishi mumkin.

Lekin uyushmagan yo uyushgan qatlamni quyi tizimda ajratib qo‘yish uchun o‘ylab topilmagan. Yoshlarga oid davlat siyosatida davlat o‘zi uchun aniq strategik rejalar belgilab olishi uchun shu so‘zdan ham foydalanadi. 

Yoshlar Ittifoqining rasmiy vakili sifatida ta'kidlayman, yoshlarni uyushgan yo uyushmaganga bo‘lib qo‘yishimiz  – ular bilan ishlash davomida shu termindan foydalanishga duch kelamiz», – deydi u. 

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasini boshqarayotgan Sasha Graumanning aytishicha, u ham mana shu jumlani tushunishga qiynaladi. 

«Menimcha, barcha yoshlarga turli ijtimoiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini yaratish lozim. Mantiqan o‘ylab qaralsa, yoshlar o‘rtasida axborotlar o‘zaro tez almashadi. Yoshlar ittifoqining vazifasi ham shundan iborat: mana shunday platformani yaratib, yoshlar o‘rtasida ko‘prikni qurish. 

Yoshlarning, albatta, alohida qiziqishlari mavjud. Turli tashkilot va idoralar ularni istaklari asosida o‘z qamroviga olishi mumkin», – deydi u Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Top