14:57 / 01.07.2022
31722

Lisichanskdagi yarador askarlar, Kremenchukdagi dafn marosimi. Urush suratlari

30 iyun kuni RF Mudofaa vazirligi Odessa yaqinidagi Ilon orolidan (Zmeyiniy) o‘z garnizonini olib ketganini ma’lum qildi. Bu Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqilishi uchun yo‘lak tashkil etishga xayrixohlik belgisi sifatida talqin qildi. Kremenchukda «Amstor» savdo markazi o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlarning dafn marosimlari o‘tkazildi. Donbass shimolida janglar davom etmoqda - aholi yerto‘lalarga yashirinib, ichimlik suvi zaxiralashga majbur bo‘lmoqda. 

Ukrainada urushning 127-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar urush boshida egallangan Ilon orolini tark etishdi. Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar raketa va artilleriya zarbalariga dosh bera olmasdan evakuatsiya bo‘lganini aytmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi orolni tashlab chiqishini «yaxshi niyatdagi harakat» deb izohlagan: go‘yoki Rossiya Ukrainadan g‘alla eksporti amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmasligini namoyish etish uchun.
  • Rossiya mudofaa vazirligi «Azovstal» mudofaasida ishtirok etgan harbiy asirlar almashtirilishi bevosita Putinning buyrug‘i bilan amalga oshirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik ayni vaqtda olti mingdan ortiq ukrain harbiylari rossiyaliklar qo‘lida asirlikda ekanini ma’lum qilgan. Avvalroq Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk Rossiya asirligida ikki ming atrofidagi ukrain harbiylari qolayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
  • Amnesty International o‘z surishtiruvlariga asoslangan holda rossiyaliklar yuzlab tinch aholi vakillari yashiringan Mariupoldagi dramatik teatr binosiga zarba berishini harbiy jinoyat deb topdi.
  • Ukrainada rossiyalik tankchi Mixail Kulikov ustidan sud boshlandi. U boshqa moddalar qatori Chernihivda ko‘p qavatli turar joy binosiga o‘t ochishda ham ayblanmoqda. Sudda Kulikov aybini to‘liq tan olgan, unga 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
  • Ukraina Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzdi - bu rasmiy Damashq «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olishiga javob bo‘ldi.

Quyida urushning 127-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Lisichansk

Front chizig‘idan fotosuratlar kechikib kelmoqda. Lisichansk yaqinidagi kadrlar The Washington Post muxbiri Haydi Levin tomonidan 26 iyun kuni olingan. Suratlarda — Ukraina havo-desant qismining yaralangan askarlari. Askarlar Verxnekamenskoye qishlog‘iga kiraverishda Rossiyaning kassetali bombalari zarbalariga uchragan. Sakkiz kishi yaralangan, ikki kishining ahvoli — og‘ir. Lisichansk uchun janglar davom etmoqda. 1 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya «asosiy sa’y-harakatlari»ni Lisichansk hududidagi Ukraina qurolli kuchlarini janub va g‘arbdan o‘rab olish hamda Luhansk oblasti ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga qaratayotganini xabar qilgan.

Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA
Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA
Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA
Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Slovyanskda feldsher Rossiya zarbalaridan yaralangan kishiga yordam ko‘rsatmoqda. 30 iyun kuni, harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vadim Lyaxning so‘zlariga ko‘ra, shahar kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutilgan. Natijada olti kishi jarohat olgan.

Severskliklar quduqdan suv tashimoqda. 1 iyul kuni TASS agentligi Rossiya harbiylari va «LXR» kuchlari shaharga yaqinlashayotgani haqida xabar berdi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Seversklik ayol odamlar otishmalardan yashirinayotgan yer to‘la oldida qo‘lini yuvmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
U yerto‘laga kirishda o‘rnatilgan qo‘lbola pechkada kartoshkali pirojka pishirmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Seversklik 90 yoshli ayol boshpana sifatida foydalanilayotgan yerto‘lada
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Severodonetskdagi «Azot» kimyo zavodi. 27 iyun kuni zavod hududi «LXR» xalq militsiyasi va Rossiya harbiylarining to‘liq nazoratiga o‘tdi. «LXR» Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, 30 iyun holatiga «Azot» hududida mingga yaqin odam qolgan.

Kremenchuk 

Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA

Kremenchukdagi «Amstor» savdo markazi Rossiya raketasi bilan o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘lgan Andrey Krasyukning dafn marosimi. Savdo markaziga qilingan hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangan, 62 kishi yaralangan, o‘nlab kishilar bedarak ketgan.

Ilon (Zmeyiniy) oroli 

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Ilon (Zmeyiniy) orolining sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri. Orolning shimoliy qismida yonayotgan mashinalar va binolar tutuni ko‘rinib turibdi. 30 iyun kuni rossiyalik harbiylar orolni tark etdi. Rossiya mudofaa vazirligi bu chekinishni Ukrainadan oziq-ovqat olib chiqilishi uchun yo‘lak tashkil etishga xayrixohlik belgisi sifatida talqin qildi. 

Satellite image ©2022 Maxar Technologies via AP

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top