23:59 / 18.12.2018
28895

Google 2018 yilning eng mashhur aktyor va aktrisalarini ma'lum qildi

Foto: instagram.com/officialslystallone/

Yakuniga yetib borayotgan 2018 yil uchun turli toifalar bo‘yicha eng yaxshilar va eng yomonlar tanlanishi davom etmoqda. Jumladan, Google ham 2018 yil uchun eng mashhur aktyorlar reytingini yangiladi.

Google reytingi birgina mezon: u yoki bu aktyorning qanchalik ko‘p qidirilishiga ko‘ra tuzildi. Aynan shu sababli Google ro‘yxatida eng kassabop filmlarda suratga tushgan emas, balki joriy yilda turli mojarolarga aralashgan aktyorlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. 

Reytingning eng yuqori pog‘onasini Silvestr Stallone egallagan. Aktyorga qiziqishning qattaligi uning ishtirokidagi “Krid” filmining sikveli chiqishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, aktyor yil boshida jinsiy tegajog‘liklarda ayblangan, biroq keyinchalik undan bu ayblovlar olingan.   

Mashhurlik bo‘yicha 2-o‘rinni 22 yoshli amerikalik aktyor va bloger Logan Pol egallagan. 3-o‘ringa Pit Devidson joylashtirilgan. Uning qo‘shiqchi Ariana Grande bilan unashtirilishi va keyinroq ajrashishi mashhurligini oshirib yuborgan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Bill Kosbi, Noy Sentineo, Donald Glover, Ellison Mek, Gari Oldman, Sapna Chaudxari va Rozanna Barr joy olgan.

Mavzuga oid
Top