23:40 / 23.03.2018
16531

Barcha tumanlarda «Tomorqa xizmati» korxonalari tashkil etiladi

Foto: Trend

Bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, yig‘ilishda Prezident tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, tomorqada aholining mehnat bilan bandligini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.  

Ma'lum qilinishicha, endi respublikaning barcha tumanlarida Buxoro viloyatining Romitan hamda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanlari misolida «Tomorqa xizmati» korxonalari tashkil etiladi.

Tumanlarda ushbu korxonalar orqali mineral o‘g‘it, kimyoviy preparatlar yetkazib berish, mexanizatsiya va boshqa servis xizmatlarini ko‘rsatish, yetishtirilgan hosilni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va yuqori daromad olish bo‘yicha tizim yaratiladi.

Top