02:14 / 01.05.2018
50558

Mirziyoyev – vazirlarga: «Turk tadbirkorlariga xiyonatni davlat siyosatiga xiyonat deya qabul qilaman»

Foto: O‘zbekiston24

«Men bosh vazir o‘rinbosari [Suhrob] Xolmurodovga va bosh vazirning boshqa o‘rinbosarlariga, vazirlarga O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirish istagini bildirgan turkiyalik barcha tadbirkorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash va ularning har tomonlama rivojlanishiga ko‘mak berish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlarni berganman», – dedi Sh.Mirziyoyev 30 aprel kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida.

«Bu turganlarning (bosh vazir o‘rinbosarlari va tegishli vazirliklar rahbarlari) hammasi sizlarga xizmat ko‘rsatadi, imkon va sharoit yaratadi. Ana shundagina bizda natija bo‘ladi. Nega desangiz, bir zamonlar o‘tdi, hamma kabinetida o‘tirib, oyog‘i [uchi] bilan ko‘rsatib, [tadbirkorlarni] qabul qilmasdan yurgan zamonlar endi O‘zbekistonning tarixida qoldi. Bundan buyog‘i biz sizlarga xizmat qilamiz. Agar biz sizlarni ishontiramiz desak, ayni paytda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarga salgina ishonsalaringiz, bular xiyonat qilmasligi kerak. Yana bir marta takrorlayman: Turkiya ishbilarmonlariga nisbatan qilingan xiyonatni davlat siyosatiga xiyonat o‘laroq, deb baholayman», – dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrif tafsilotlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Mavzu
O‘zbekiston - Turkiya munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga bordi

Barchasi
Top