18:54 / 18.09.2018
52328

«Bu barcha payqaydigan qadamlar bo‘ladi». Putin javob harakatlari haqida gapirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan matbuot anjumani vaqtida Suriyada qulagan Il-20 Rossiya samolyoti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Odamlar halok bo‘lganida, ayniqsa shunday fojiali holatlarda, bu har doim qayg‘uli. Barchamiz, davlatimiz va bizning halok bo‘lgan do‘stlarimiz yaqinlari uchun qayg‘uli», - dedi Rossiya yetakchisi.

Putin halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Moskvaning ushbu hodisaga bo‘lgan munosabati Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida bildirildi, u davlat rahbari bilan butunlay kelishilgan bo‘lgan.

«Javob harakatlariga keladigan bo‘lsak, ular, birinchi navbatda, bizning harbiy xizmatchilarimiz, Suriya Arab Respublikasidagi obektlarimiz xavfsizligini qo‘shimcha ta'minlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu barcha payqaydigan qadamlar bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini ma'lum qilgandi. 

Top