15:42 / 21.08.2019
5516

«Asaka» bank rahbariyati tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi

«Asaka» bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida mijozlar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda «Asaka» Bank ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dulla Talibdjanov tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Qabul davomida mijozlar tomonidan respublikada o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov va tenderlar shaffofligini ta'minlash, qurilish hujjatlarini rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirish va shu kabi turli masalalarda mijozlarning murojaati qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning ko‘pchiligi joyida o‘zida yechimini topdi, qolganlari mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.

– Bunday sayyor qabullarning o‘tkazilishi bizlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Amudaryo tumanidagi «Mang‘it Invest plyus» mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi Jalg‘as Boymuratov. – 2017 yili «Asaka» bankning 477 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan issiqxona tashkil etdik. Natijada 19 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yetishtirilgan pomidor va bodring mahsulotlari ichki bozorimizdan tashqari, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga eksport qilinmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

«Asaka» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top