08:24 / 12.08.2018
40563

Suriyada jangarilar Rossiya aviabazasiga hujum qildi

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Suriyadagi qurollangan guruhlar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasiga uchuvchisiz uchar qurilma yordamida hujum qilishga urinishdi. Bu haqda nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari Aleksey Tsigankov ma'lum qildi.

«11 avgust kuni tunda Xmeymim aviabazasi havo makonida Idlib deeskalatsiya hududidan jangovar holatda uchirilgan uchuvchisiz uchar qurilma aniqlandi. Qurilma aviabazadan xavfsiz masofada zenit o‘t ochish vositalari yordamida urib tushirildi. Jabrlanganlar va moddiy zarar bo‘lmadi», — dedi u.

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari 9 avgust kuni ham aviabazaga hujum qilgan uchuvchisiz qurilmalarni urib tushirgandi. Shuningdek, harbiylar 22 va 28 iyul kunlari uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali qilingan hujumlarni bartaraf etishgandi.

Mavzuga oid
Top