09:27 / 16.09.2019
0
7984

G‘alla bozorida davlat intervensiya mexanizmi ishlab chiqiladi

Foto: Pixabay

G‘alla bozorida davlat intervensiya mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan

Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat tomonidan belgilanadigan va bozor narxlarida moliyalashtiriladigan kvota asosida bug‘doy sotib olish mexanizmini joriy etish;

qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishdan bosqichma-bosqich voz kechish;

auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish asosida intervensiyalarni o‘tkazish qoidalarini bozor sharoitlariga moslashtirish uchun strategik oziq-ovqat zaxiralarini tarkibiy qayta shakllantirish.

Shuningdek, oziq-ovqat va iste'mol xavfsizligi tizimini takomillashtirishda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo oziq-ovqat va iste'mol xavfsizligi bo‘yicha kengash tashkil etiladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kengash kotibiyati vazifasini yuklagan holda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini institutsional baholashni ta'minlash ko‘zda tutiladi.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta'minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obektlar bilan integratsiya qilish choralari amalga oshiriladi.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida iste'mol va daromadlarni o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish ham mo‘ljallangan.

Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish va xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar hamda ilg‘or tajribalarga asoslangan oziq-ovqat xavfsizligining doimiy monitoringini yuritish rejalashtirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top