Sentyabr oyi boshida harorat yana ko‘tariladi - «O‘zgidromet»
Avgust oyining oxirgi kunlari O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bunday holat janubi-g‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari 15-20 daraja iliqni, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqni tashkil etadi.
Sentabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba'zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni 36-39 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024