16:08 / 13.08.2019
41606

Prezident farmoni: O‘zbekistondagi 4ta aeroportda «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Transport vazirligi va Turizm rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, «Qarshi», «Nukus» va «Termiz» xalqaro aeroportlarida «beshinchi havo erkinligi»dan foydalangan holda, shuningdek, «Buxoro» aeroportida xorijiy davlatlar fuqarolarini tashishda «beshinchi havo erkinligi»ni qo‘llagan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq, «Ochiq osmon» rejimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
 
Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy ichida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladigan xalqaro aeroportlarning ro‘yxati to‘g‘risida xorijiy davlatlar aviakompaniyalari va xorijiy aviatashuvchilarga, shu jumladan diplomatik kanallar orqali ma'lumot taqdim etishi kerak. 

Mavzuga oid
Top