Rossiyadagi namoyishlarda ommaviy qo‘lga olishlar boshlandi
Ma'lumotlarga ko‘ra, 25ta shaharda 900ga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Moskvada muxolifatchi Aleksey Navalniyning qo‘lga olinishiga qarshi o‘tkazilayotgan namoyishlarda 3 mingga yaqin kishi qatnashmoqda, 60 kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda MBX media.
Norozilik aksiyalari boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tmoqda. OVD-Infoning ma'lumot berishicha, 25ta shaharda 900ga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelganidan bir soat o‘tmay, 44 yoshli Navalniy Moskvadagi Sheremetevo aeroportidagi chegara nazorati postida qo‘lga olindi.
Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmatining 17 yanvar kungi xabariga ko‘ra, Navalniy siyosiy motivga ega deb ko‘rilgan firibgarlikda ayblanib, 2014 yilda olgan shartli jazo muddatini buzgani uchun hibsga olingan.
Sud hukmi e'lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Navalniy jamoasi tomonidan e'lon qilingan videoda o‘z tarafdorlarini norozilik bildirishga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:30 / 01.11.2024
Gurjiston muxolifati yangi norozilik namoyishi haqida ma’lum qildi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024