14:31 / 05.07.2019
11931

Behzod Yo‘ldoshev AES haqida: «Odamlar xavotir olmasin, olimlarimizning bunga salohiyati yetadi»  

Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro press klubda mutaxassislarga AES bo‘yicha ko‘plab savollar berilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolmaysizmi? Atom elektr stansiyasida ishlovchi mutaxassislar tayyorlanyaptimi?

Qayd etilishicha, bu savollarga Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev javob berdi.

– Bu borada yurtimizda mutaxassislar yetarli. Qurilishi yuzasidan ekspertlar ishlayapti. Biz energetika sohasida nimaiki yangilik qilmoqchi bo‘lsak, shu stansiya bizga kerak. Olimlar bu borada o‘z fikrini aytadi va hissasini qo‘shadi. 

Odamlar xavotir olmasin, olimlarimizning salohiyati buni o‘rganish, tahlil qilish, fikr bildirishga yetadi. Elektr energiyasi ta'minoti borasidagi darajamiz dunyoda 40-o‘rindan 70-o‘ringa tushganimiz rost. Sababi bitta, bir joyda depsinib turdik. Lekin mazkur stansiya qurilishi muammolarimizni hal etishga olib keladi. Elektr energiyasi ta'minoti sezilarli darajada yaxshilanadi. 

Xavfsizlik, bilim, mas'uliyat juda kerak. Ish boshlandi. Kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy kirishilgan. 

Bundan oldin, AES qurilishi uchun tanlangan maydonda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichiga start berilgandi.

Mavzu
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda birinchi Atom elekt stansiyasi qurilishi bo‘yicha harakatlar boshlandi
Barchasi
Mavzuga oid
Top