09:38 / 02.04.2019
13990

O‘zbekiston elektr energiyasi yetishmovchiligi tufayli har yili 6 mlrd dollar yo‘qotmoqda

Foto: Dreamstime

Elektr energiyasi yetkazib berishdagi muammolar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyoti har yili 6 mlrd dollar yo‘qotmoqda. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga tayangan holda xabar berdi.

Sherzod Xo‘jayevning eslatishicha, O‘zbekiston mart oyida mamlakatda elektr energetika sohasini yanada rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha strategiyani qabul qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, strategiyani amalga oshirish iqtisodiyot tarmoqlariga talab etiluvchi elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish imkonini yaratadi.

Xo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjat qizg‘in yuklamalarni qoplashga ham qaratilgan, ya'ni mustahkamlikning ma'lum bir zaxirasini nazarda tutadi. «Hozir, afsuski, bizda bunday zaxira yo‘q», - dedi u.

10 yil o‘tgach, mamlakatda yuklamalarni qoplash uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatining kamida 20 foizi bo‘lishi kerak.

Energetika vaziri o‘rinbosarining ta'kidlashicha, mamlakatda elektr ta'minotidagi uzilishlar keskin kamayadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik ularni nolga tushirishga harakat qiladi.

Top