01:44 / 27.04.2018
20975

"Katyusha"dan "Jon Vatan"gacha: Toshkent metropolitenidagi maxsus aksiya yo‘lovchilarga kayfiyat ulashdi

25 aprel kuni Toshkent shahri metropolitenida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan maxsus aksiya bo‘lib o‘tdi. Unda Qurolli kuchlar Ashula va raqs ansambli artistlari "G‘alaba kuni", "Katyusha" kabi urushi yillaridagi mashhur qo‘shiqlar bilan bir qatorda "Jon Vatan", "Ofitserlar" kabi o‘zbek tilidagi  harbiy qo‘shiqlarni ham kuylab, raqsga tushishdi. 

Yoshlar metro bekatlarida, vagonlarda va hatto eskalatorlarda ham yo‘lovchilarga ajoyib kayfiyat ulashishdi. Shunisi diqqatga sazovorki, ayrim yo‘lovchilar ularga qo‘shilib harbiy qo‘shiqlarni kuylashdi. Maxsus aksiya soat 16:00 dan 20:00 ga qadar davom etdi. 

Ta'kidlash joizki, urush yillarida o‘zbek yigitlari boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib jang qilishgan va oxir-oqibat g‘alaba qilishgan. 9-May Xotira va qadrlash kuni oldidan bunday kutilmagan aksiyaning o‘tkazilishi nafaqat metro yo‘lovchilari, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham iliq kutib olindi va katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top