02:07 / 03.05.2018
6801

Armaniston hukmron partiyasi muxolifat nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi   

Foto: Sergei Grits/AP

Armanistonning hukmron Respublika partiyasi bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surmaydi va muxolifat nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.  

Ma'lum qilinishicha, partiya 8 may kuni bosh vazir saylovlarida parlamentning uchdan bir qismi taklif qiladigan nomzodni qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Deputatlarning uchdan bir qismi o‘z nomzodini ilgari sursin, biz bu nomzodni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb aytgan partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Vagram Bagdasaryan.

Bagdasaryan, shuningdek, namoyishchilardan Yerevandagi va respublikadagi yo‘llarni, temir yo‘llar va metroni boshqa bloklamaslikka va konstitutsion maydonga qaytishga chorlagan. 

Mavzuga oid
Top