Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 111 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 4 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar poytaxtdagi 2-son Respublika klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3275 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.