O‘zbekiston va Misr keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlamoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni qabul qildilar.
Prezidentlar huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misr Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi o‘rtasidagi, o‘simliklar karantini va himoyasi, jamoat sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama investitsiyaviy munosabatlarni mustahkamlash, texnik jihatdan tartibga solish, taraqqiyot masalalarida tajriba almashish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Sharqshunoslik instituti hamda Misr Milliy kutubxonasi va arxivi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024