20:52 / 12.01.2019
25032

O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi (fotogalereya)

Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 13 yanvar kuni guruh bosqichining 2-turidagi Turkmanistonga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar yakshanba kungi bahs bo‘lib o‘tadigan «Rashid Stadium»da o‘tkazildi. Jarayonning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq ekanidan foydalangan Kun.uz fotomuxbiri u yerdagi muhit va kayfiyatni suratlar vositasida yetkazishga harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 13 yanvar kuni Osiyo Kubogida ikkinchi turga yakun yasaladi. Bahslarning so‘nggisi «F» guruhi vakillari – O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat  21:00da boshlanishi belgilangan.

Top