11:04 / 30.04.2018
3102

Xitoy tashqi ishlar vaziri KXDRga boradi

Foto: EPA/UPG

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I KXDRga tashrif bilan boradi. Bu Shimoliy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi sammit arafasida yuz beradi. Bu haqda «Ryonxap» Xitoy vazirligiga asosan xabar qilmoqda.

«Davlat maslahatchisi Van I shimoliy koreyalik tashqi ishlar vaziri Li Yon Xoning taklifiga ko‘ra Shimoliy Koreyaga tashrif bilan boradi», - deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, Van I Pxenyanga 2 may kuni bir kunlik tashrif bilan keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR rahbari Kim Chen In Tokio bilan istalgan vaqtda muloqot o‘tkazishga tayyor ekani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top