12:13 / 07.01.2019
63647

Go‘sht, guruch, yog‘ va kartoshkaning eng qimmati qaysi viloyatlarda ekani ma'lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi. Ma'lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so‘mda) taqdim etilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, mol go‘shtining eng qimmati Chirchiqda - bir kilogramm uchun 52 ming so‘m. Eng arzon - Nukusda (26 ming so‘m).

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming so‘m. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming so‘m. Shuningdek, poytaxt kartoshka (3,7 ming so‘m), piyoz (1,9 ming so‘m), sabzi (3,4 ming so‘m), tuxum (7,8 ming so‘m - 10 donasi), guruch (19,6 ming so‘m) narxi bo‘yicha «yetakchi»ga aylandi.

Shu bilan birga, Toshkentda ba'zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoshka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming so‘m. Piyoz narxida ham shuni kuzatish mumkin - 500 so‘m.

Eng arzon sabzi Namanganda - 900 so‘m, guruch - Gulistonda (4 ming so‘m), o‘simlik yog‘i - Andijonda (1 litr uchun 8,5 ming so‘m). O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming so‘m.

Eng arzon shakar Gulistonda - 4,5 ming so‘m. Boshqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toshkentda, u 5,5 ming so‘m turadi.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste'mol narxlari ma'lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

Mavzuga oid
Top