18:47 / 12.01.2019
33557

Xodimlari Toshkentda propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

Foto: KUN.UZ

“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan “O‘zagroservis” AJ Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatda shu paytgacha 74 ta tashkilot mavjud edi.

Avvalroq, ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmasligi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top