08:13 / 12.11.2019
4
19825

Abdulaziz Komilov: O‘zbekiston JSTga kirish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi

Foto: AFP 2019 / Fabrice Coffrini

O‘zbekiston JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini iloji boricha tezroq yakunlashni istaydi, ammo tashkilotga kirishning aniq sanasi ma'lum emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «O‘zbekiston-Yevroittifoq» Hamkorlik kengashining 15-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozmoqda «Praym».

«Biz aniq muddatlarni belgilamayapmiz. Ammo, Yevropa ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash hamda JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini iloji boricha tezroq tugatish istagi bor», - dedi u.

Shu bilan birga, vazir YeI bilan kelishuv bo‘yicha gapirarkan, u kelgusi yilda ham imzolanishi mumkinligini istisno qilmadi.

2017 yil noyabr oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida mamlakat JSTga kirish bo‘yicha ishlarni qayta boshlaganini ma'lum qildi. 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston tomoni tashkilotga kirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni JSTga taqdim etdi. Avvalroq, JST bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf O‘zbekiston rasmiylarining ushbu tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralari ikki yil davom etishi mumkinligini aytgandi.

Bundan tashqari, oktabr oyida O‘zbekiston 2021 yil oxiriga qadar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top