18:09 / 03.05.2018
9100

O‘BA rahbari: O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning yetishmayotgani sezilmoqda

O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi/Foto: Advantour

 O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi (O‘BA) bosh direktori Baxtiyor Hamidovning aytishicha, O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yetishmovchiligiga duch kelmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil davomida mamlakatga katta miqdordagi investitsiyalar oqimi kirib kelmoqda. Biroq, ularning deyarli barchasi hukumat darajasidagi kelishuvlarga bog‘liq.

"Chet elda O‘zbekiston haqida haqiqiy tushunchaga ega bo‘lish muhim, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kelishi uchun kerak. Investitsiyalar asosan hukumat darajasida kelyapti. Biz esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarga muhtojmiz, xususiy investitsiyalar imkon boricha ko‘proq kelishi lozim”, - dedi Hamidov Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda. 

Shu bilan birga, u tashkilotning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish lozimligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir bu ko‘zga tashlanmayapti.
 
“XMK O‘zbekistonda 1993 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Savol tug‘iladi: ushbu vaqt davomida qancha ko‘p loyihalarni amalga oshirdik? 26 yil davomida to‘rtta loyiha. Hech narsadan dalolat bermaydi. Bunday yirik institut uchun - bu O‘zbekistonda ko‘zga tashlanmasdan faoliyat yuritish”, - deya ta'kidlab o‘tdi Hamidov. 

Jahon banki guruhining a'zosi bo‘lgan XMK eng yirik global rivojlanish instituti bo‘lib, o‘z faoliyatini rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgani davlatlarga qaratadi.

Top