16:00 / 26.02.2021
4263

«Ipak Yo‘li» AITB aksiyasi davom etmoqda va tez orada asosiy sovrin – avtomobil g‘olibi aniqlanadi

«Ipak Yo‘li» bankining VISA kartasi orqali kamida 100 AQSh dollarilik xaridlarni amalga oshirgan mijozlar Hyundai Elantra Active avtomobilini yutib olishlari mumkin.

Joriy yilning sentabr oyida «Ipak Yo‘li» AITB va VISA kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda asosiy sovringa Hyundai Elantra Active qo‘yilgan keng qamrovli «Avtomobil yutib olish – oson» aksiyasini boshladi.

«Ipak Yo‘li»ning VISA kartalari orqali har oy 10 dollardan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirganlar quyidagi sovg‘alardan birini yutib olishlari mumkin:

  • mobil telefon;
  • aqlli soatlar;
  • naushniklar;
  • Powerbank;
  • protativ karnaylar;
  • ko‘p funksiyali raqamli soatlar.

Yutuqlar sovrindorlari har oyda bankning rasmiy Instagram sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda aniqlanadi. Aksiya g‘oliblari ro‘yxati bank rasmiy saytining «Yangiliklar» bo‘limida e'lon qilinadi.

Muntazam ravishda oyiga 10 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirgan VISA kartasi egalari har oy aksiyada qatnashishlari mumkin.

Bosh sovrin g‘olibi 2021 yilning bahorida aniqlanadi. Bankning 100 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirgan barcha mijozlari Hyundai Elantra Active avtomobili sovrindorini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchilariga aylanishadi.

Tanlov 2021 yilning 31 mart sanasiga qadar davom etadi.

VISA kartasini ochish juda oddiy. Buning uchun Ipak Yo‘li mobile ilovasini yuklab olish va kartaga buyurtma berish kifoya.

Batafsil ma'lumotni +99878-140-69-00 telefon raqami orqali kechayu-kunduz ishlaydigan aloqa markazi, sayt va Telegram'dan olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top