01:54 / 03.05.2018
23752

YeChL. "Liverpul" finalga chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalining ikkinchi juftlik javob o‘yini nihoyasiga yetdi. 

"Roma" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

9-daqiqada Mane mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 6 daqiqa o‘tib, Milner o‘z darvozasiga gol kiritib, farqni yo‘qqa chiqardi. 25-daqiqada Veynaldum "Liverpul"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Jyeko ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Nainggolan rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, o‘yinga qo‘shib berilgan 3-daqiqada uning o‘zi jamoasining 4-golini kiritdi. 

Shu tariqa, "Liverpul" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa finalda "Real Madrid"ga qarshi kurash olib boradi. 

Roma Italiya – Liverpul Angliya 4:2

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 1:1 – 15, avtogol Milner, 1:2 – 25 Veynaldum, 2:2 – 52 Jyeko, 3:2 – 86 Nainggolan, 4:2 – 90, penalti Nainggolan.
Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Pellegrini (Under, 53), Florentsi, Nainggolan, de Rossi (Gonalon, 69), El-Shaaravi (Antonuchchi, 75), Shik, Jyeko.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 90), van Deyk, Firmino (Solanke, 87), Veynaldum, Salax, Milner, Mane (Klavan, 83), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Lovren (44), Florentsi (77), Manolas (84), Robertson (84), Solanke (90).

Dastlabki o‘yin: 2:5

Top