Jahon | 20:22 / 22.05.2026
4349
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning reytingi pasayishda davom etmoqda

Rossiya fuqarolari prezident Vladimir Putin may oyi o‘rtalarida so‘nggi bir yil ichida eng yomon ishladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda Rossiyaning yetakchi sotsiologik markazlaridan biri bo‘lgan «Obshchestvennoye mneniye» fondi (FOM) 22 may kuni xabar berdi.

Foto: Sputnik / Gavriil Grigorov

15-17 may kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra (.pdf), rossiyaliklarning 71 foizi Vladimir Putin prezident sifatida «yaxshi ishlayapti» deb hisoblaydi. Bu oxirgi yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Respondentlarning yana 14 foizi Putinning faoliyatini «yomonroq» deb baholashini aytdi - bu yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

FOM ma’lumotlariga ko‘ra, Putinga bo‘lgan ishonch darajasi bir yil ichida ikkinchi marta minimal darajaga tushib ketgan - atigi 71 foizi prezidentga «ko‘proq ishonishini» bildirgan. Avvalgi marta mart oyi oxirida shunday bo‘lgan edi, bungacha esa ishonch darajasi 76 foizdan yuqori edi.

Yangi so‘rovnomada 17 foizi Putinga «ko‘proq ishonmasligini» aytdi - bu mart oyi oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga, VsIOM 11-17 may kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin faoliyatini ma’qullash reytingi 69,4 foizni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 2,6 foiz punktga ko‘pdir.

VsIOM Putinning reytingi ketma-ket ikkinchi hafta o‘sib borayotganini qayd etmoqda - bu sotsiologlar nafaqat respondentlarga qo‘ng‘iroq qilib, balki Putinga bo‘lgan munosabatni bilish uchun ularning uylariga borganidan so‘ng boshlangan.

Yetakchi sotsiologik markazlar mart oyi oxiridan beri Putinning reytingi pasayib borayotganini qayd etdi. Bu Telegram'ning bloklanishi va mintaqalarda mobil aloqaning uzilishi, shuningdek, narxlarning oshishi va rossiyaliklarning urushdan charchashi fonida sodir bo‘ldi, dedi «Meduza» nashriga Kreml bilan hamkorlik qiluvchi siyosatshunos.

Vladimir Putin reytinglar pasayishi fonida deputatlar va senatorlarni faqat taqiqlovchi qonunlarga «e’tibor qaratmaslikka» chaqirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid