09:45 / 01.01.2019
33781

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani ish beruvchi hisobidan to‘lash tartibi 2020 yilgacha uzaytirildi

Foto: Fotolia

2010 yilda belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni ish beruvchilar hisobidan to‘lash tartibi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi, deb yozmoqda Norma.

2010 yilgacha homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanar edi. 2010 yildan buyon respublikada xodimalarga ushbu nafaqalarni ish beruvchining o‘z mablag‘laridan, byudjyet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga esa tegishli byudjyetlar mablag‘lari hisobidan to‘lash tartibi amal qiladi.

Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarori bilan ushbu tartibning amal qilishi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. 

Ishlovchi ayolga «dekret puli» vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tug‘ish ta'tilining butun davri (126 kalendar kun, tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 140 kun) uchun to‘lanadi.
 
Nafaqa to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Bunda ushbu miqdor tashkilotda haqiqatda ishlagan vaqtga qarab tabaqalashtiriladi: ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oylik ish stajiga ega bo‘lganda – o‘rtacha oylik ish haqining 75%i, ish staji bir yildan ortiq bo‘lganda 100%i to‘lanadi.
 
Hujjat 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

Top