16:50 / 16.03.2019
89709

Nima uchun nahorda suv ichish kerak?

Nahorda suv ichish sog‘liq uchun foyda deyishadi. Biroq uning ijobiy jihati nimadan iborat ekanini hamma ham tushunavermaydi. Uyg‘onishingiz bilan suv ichishni odat qilsangiz, ana shu afzalliklarning barini qo‘lga kiritasiz.

Suv – kunning istalgan qismida foydali bo‘lgan qimmatli ichimlik. Biroq nima uchun aynan nonushtagacha suv ichish haqida so‘z yuritiladi?

Ovqatlanish va salomatlik sohasi mutaxassislari nahorga bir stakan iliq suv ichish haqida aytishadi. Aynan shu paytda, biroz ochqagan vaqtingizda suyuqlik eng katta foyda keltiradi.

Foto: Pixabay

Suv ichaklarga oqib tushadi

Tongda suv iste'mol qilinganida u zudlik bilan oshqozonga va ichaklarga tushadi. Tongda qanday suv ichish muhim emas, ichaklar uchun har qanday suyuqlik foydali bo‘ladi. U zaharli moddalar chiqarilishiga yordam beradi. Suv ichaklarni tozalab, ovqatdan keladigan foydali moddalar yaxshi o‘zlashtirilishiga hissa qo‘shadi.

Zaharli moddalarning chiqarilishi

Zaharli moddalar nafaqat ichaklarda bo‘ladi. Ular qonga so‘rilib, barcha organlar va to‘qimalarga boradi. Zaharli moddalarni oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhitdan olamiz. Organizm ular tufayli aziyat chekadi va noroziligini turli usullar bilan bildiradi – charchoq, yuz hamda tanadagi toshmalar, immunitetning pasayishi, bosh og‘rig‘i. Nahorga suv ichish hujayralar uchun foydali, tunda tanadagi zaharli moddalar ko‘payadi, ulardan xalos bo‘lish uchun esa suv zarur.

Metabolizmning tezlashishi

Tadqiqotlar tongda och qoringa ichilgan bir stakan suv metabolizmni 25 foizga tezlashtirishini ko‘rsatgan. Bu ortiqcha vaznga ega odam uchun suv kaloriyani faol sarflash, natijada ozishga yordam berishini anglatadi.

Ishtahani nazorat qilish

Ko‘pchilik nima uchun nahorga suv ichish kerakligini tushunmaydi. Axir u ishtahani bo‘g‘adi. Nonushta esa muhim yegulik sanaladi. Organizm g‘aroyib tuzilgan. Suv kun davomida ochlik hissini «bo‘g‘adi», biroq tongda ovqat hazm qilish organlari faoliyatini ishga tushirib, uni to‘yimli nonushtaga hozirlaydi.

Suv porsiyasi – butun tana, jumladan ovqat hazm qilish uchun ham uyg‘onishdir.

Foto: Pixabay

Immunitet uchun foydasi

Shifokor ham immunitetni ko‘tarish uchun nahorga bir stakan suv ichishni maslahat berishi mumkin. Immunitet holati ko‘pincha ichaklarga bog‘liq. Suv esa tozalash uchun faqat foydali bo‘ladi.

Terining tozalanishi

Bu natijani sezmaslikning iloji yo‘q. Teri  ham zaharli moddalardan aziyat chekadigan organ. U tozalanganida elastikligi ortadi, toshmalar bartaraf etiladi.

Suv quvvat beradi

«Suvda quvvat beradigan kofein va boshqa moddalar bo‘lmasa, nima uchun ichish kerak?» degan savol tug‘iladi. Biroq inson tanasi kofein va boshqa quvvat beruvchi moddalarda emas, suvda ishlaydi. Har bir hujayraning faoliyati uchun suv zarur. Suyuqlik iste'mol qilish eritrotsitlar tezda o‘sishiga hissa qo‘shadi. Shu sababli kislorodning butun tana bo‘ylab aylanishi yaxshiroq va tezroq amalga oshadi. Tana yangi kuch-quvvatga ega bo‘ladi.

Top