08:09 / 22.08.2018
29497

FVV Moskva oblastida zaharlangan o‘zbekistonliklar haqida rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Pixabay

Rossiya Federatsiyasi FVVning Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining xabariga ko‘ra, joriy yilning 21 avgust kuni taxminan soat 10:05larda Moskva viloyati, Kotelniki shaharchasi Sosnovaya ko‘chasi 2-bo‘limi, 4-qurilish shaharchasi «Boez-Konrtakshn» firmasiga qarashli qurilishda ishlovchi jami 26 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Kotelniki shahar kasalxonasining tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ovqatdan zaharlanish ya'ni «gastroenterit» tashxisi bilan yotqizilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston FVV.

Ma'lumotlarga qaraganda, jabrlanganlar 26 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlangan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, 18 avgust kuni turli oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilganligi hamda sog‘ligi yomonlashganligi va uy sharoitida o‘zlarini davolashga uringanligi lekin barcha urinishlar samarasiz bo‘lgach, Kotelniki shahar Tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qilganligi aniqlangan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgan hamda 24 nafar jabrlanuvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ularning 23 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 2 nafari davolanishdan bosh tortgan va 1 nafari tibbiy yordam yetib kelguniga qadar vafot etgan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra jabrlanganlarga «Gastroenterit» tashxisi qo‘yilgan.

Lyuberetskaya shahridagi 1-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

1.Matanov Modat Rimbayevich - 35 yoshda;
2.Kozokboyev Usmon Begamovich - 20 yoshda;
3.Narboyev Sharafbek Mumichovich - 42 yoshda;
4.Talimov Husan Shonovich - 29 yoshda;
5. Muxtorov Anji Yusupovich - 30 yoshda;
6. Muyuyov Ulug‘bek - 48 yoshda;
7. Zaynetdinov Xoshimjon Abdullajon o‘g‘li - 19 yoshda;
8. Eshkuvatov Sobirjon Shobirjonovich - 20 yoshda;

Lyuberetskaya shahridagi 2-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

Xolodor Daniyer Mamarasulovich-21;
Tursunov Kuvonch Zafarovich - 19 yoshda;
Kamalov Samaridin Tolxinovich - 20 yoshda;
Xudoyqulov Anvar Ruzmamatovich - 40 yoshda;
Qudratov Zarif Nabiyevich - 33 yoshda;

Ramenskaya markaziy kasalxonasiga yotqizilganlar:

1.Tayumov Ebabek Abdurazoqovich - 31 yoshda;
2.Tagayev Lochin Gulmuradovich - 31 yoshda;
3. Babadjanov Artur Raximbakovich - 31 yoshda;
4. Abdullayev Muxtor Sobirovich - 46 yoshda;
5. Davlatov Izzatbek Xudoyberganovich - 22 yoshda;
6. Axmedov Maksadbek Radjabovich - 23 yoshda

Jukovskaya shahar kasalxonasiga yotqizilganlar:

1. Chuxoyev Abduxalim Abduraxmonovich 29 yoshda;
2. Rasulov Otabek Normaygaliyevich - 21 yil;
3. Ermakov Xursand Soatbekovich - 20 yoshda;
4.Torshiyev Gayrat Xurramovich - 40 yoshda.

Hozirgi vaqtda 23 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.

Kasalxonaga yotqizishdan bosh tortish:

1. Obidov Suxrab Zuhratdinovich - 39 yoshda;
2. Tarimov Akbar egamberdiyevich - 38 yoshda.

Vafot etgan fuqaro:

Eshmetov Odilbek Otanazarovich 11.04.1985. Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Moskva viloyati morgida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi marhumni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish uchun tegishli choralar ko‘rmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva oblastida 26 nafar o‘zbekistonlik ishchi zaharlangani, bir nafari vafot etgani xabar berilgandi.

Top