12:30 / 06.09.2018
43300

11 oktabrdan so‘ng butun dunyoda Internet bilan uzilishlar bo‘lishi mumkin

Foto: REUTERS

Avgust oyi oxirida Domen nomlari va IP-manzillarni boshqarish bo‘yicha korporatsiya (ICANN) «internet domen nomlari tizimi uchun himoya bo‘lgan kriptografik kalitlarni tarixda birinchi marta almashtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani» (DNS) haqida eslatdi. Yangi kalitlarga o‘tish (Key Signing Key, KSK) 11 oktabr bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda RBK.

Shu bilan birga, tashkilotdan ogohlantirishlaricha, «internet-foydalanuvchilarning kichik foizi domen nomlariga ruxsat berishda qiyinchiliklarga duch keladi» (ya'ni resurs nomini raqamli IP-manzilga o‘tkazishda, masalan, rbc.ru — 80.68.253.13’ga). Ularni kompyuterlar bir biri bilan bog‘lanish uchun ishlatadi. Bunday qiyinchiliklar sabab foydalanuvchilarning bir qismi, masalan, brauzer manzili bandida ko‘rsatilgan saytni ocha olmaydi.

ICANN tomonidan e'lon qilingan xabarga qaramay, 11 oktabr kuni - bu yangi kalitlarga o‘tishning dastlabki sanasi hisoblanadi. O‘tishning aniq sanasi keyingi hafta bo‘lib o‘tadigan korporatsiya boshqaruvi majlisida tasdiqlanadi, u 12 sentabrga belgilangan.

Kriptografik kalitlar ICANN tashabbusi bilan 2010 yilda paydo bo‘lgan. Ular DNS Security (DNSSEC) kengaytmasida ishlatilgan.

Top