Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kompaniyalari Rossiyaga gaz uchun yangi sxema bo‘yicha to‘lay boshladi
Germaniyaning Uniper va RWE energetika kompaniyalari Rossiya gazi uchun to‘lovlar tizimini o‘zgartirib, Moskva talablarini bajarishga va Yevropa ittifoqi sanksiyalari rejimini buzmaslikka intilyapti.

Foto: Global Look Press
Germaniyaning ikkita energetika konserni - Uniper va RWE Rossiya gazi uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi. Birinchi to‘lov may oyi oxirida amalga oshirildi, pul «yangi to‘lov mexanizmiga muvofiq yevroda o‘tkazilmoqda», deya xabar berdi Uniper 31 may, seshanba kuni. Shirkat tafsilotlarni ochiqlamagan.
«Bu tartib Germaniya hukumati bilan oldindan kelishilgan va Yevropa ittifoqining tegishli ko‘rsatmalariga amal qilingan, bunda shartnoma majburiyatlarini bajarish imkoni bor», - deya ta’kidlanadi Rossiya gazining Germaniyadagi eng yirik xaridori xabarida.
O‘z navbatida, Germaniyada elektr energiyasi yetkazib beruvchi eng yirik RWE kompaniyasi ham yangi qoidalarga muvofiq to‘lov usulini o‘zgartirgani va Rossiya hisobiga yevro o‘tkazganini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniya kelgusi to‘lovlar uchun Rossiyada yevro hisobraqami ochilganini bildirgandi.
Avvalroq, 31 mart kuni Vladimir Putin «Gazprom»ga «do‘stona bo‘lmagan» mamlakatlar kompaniyalaridan gaz uchun to‘lovlarni faqat rublda qabul qilishni buyurgan edi. Xorijiy kompaniyalar «Gazprombank»da valuta va rublda ikkita hisobraqam ochishlari kerak edi. Gaz xaridori chet el valutasini valuta hisobvarag‘iga o‘tkazishi kerak, keyin «Gazprombank» Moskva birjasida valutani sotgandan so‘ng, tushumni rubl hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Aprel oyi oxirida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen agar shartnomalarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, «rubldagi to‘lovlar sanksiyalarni buzish hisoblanadi», deb aytgandi. Yevropa ittifoqida «Gazprombank»da ikkita hisob ochish sxemasi ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarga zid deb ko‘rilmoqda.
Bryussel kompaniyalarga Rossiya bankidagi hisobraqamiga yevro yoki dollarda to‘lovlarni amalga oshirishni va bunday o‘tkazmadan so‘ng shartnoma majburiyatlarini bajargani haqida aniq bayonot berishni tavsiya qildi. Kompaniyalar faqat ikkinchi, rublda hisobraqam ochsa, muammolarga duch kelishi mumkin.
30 may kuni Rossiya gaz shirkati yangi sxema bo‘yicha rublda gazga to‘lashdan bosh tortgani munosabati bilan 1 iyundan Britaniya-Niderlandiyaning Shell Energy va Daniyaning Orsted kompaniyasiga gaz yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Niderlandiyaga yetkazib berish to‘xtatilgani ham ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Rossiya bir tomonlama ravishda Polsha, Bolgariya va Finlandiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

08:02 / 10.07.2025
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

13:53 / 05.07.2025