Hozirgi kunda Özbekistonda turizmni rivojlantirişiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Ammo, birgina turistni mamlakatga jalb qiliş uçun önlab omillar hisobga olinişi lozim. Infratuzilmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar holati kabi omillar qatori milliy taomlar va umumiy ovqatlaniş sohasi ham öziga xos ahamiyat kasb etadi.
Sohada qilinayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Özbekiston oşpazlar assotsiatsiyasiga taşrif buyurdik. Bizni bu yerda assotsiatsiyasi raisi Akbar Umarov kutib oldi.

«Taşkilotimiz 2010 yildan beri Butunjahon boş oşpazlar jamiyati assotsiatsiyasiga a'zo hisoblanadi. Bizdan taşqari, 123 nafar davlat bu taşkilot a'zoligiga qabul qilingan. Keyingi ikkinçi yirik taşkilot Butunjahon Islom pazandalari uyuşmasi bölib, uyuşma Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan homiyligida taşkil etildi. Bu uyuşmaga biz ham ta'sisçi, ham a'zo sifatida kirganmiz. Bu yil yoşlarimiz uşbu taşkilot musobaqasida Gran pri sohibi bölişdi.
Özingizga ma'lum, palov xalqimizning e'zozli taomi hisoblanadi. 2016 yili oş va uning madaniyatini YuNeSKO qadriyatlariga kiritişga muyassar bölgandik. Bundan taşqari, milliy nonuştamizni ham jahon brendiga aylantiriş niyatimiz bor. Jahondagi köplab davlatlardagi şunday madaniyatlar bu maqomni qölga kiritgan.
Xalqaro brend masalasida asosiy işlarimiz hali oldinda. Yaqin yillarda 7ta milliy taomga jahon brendi va xalqaro standart örnatiş niyatidamiz. Bu taomlar oş, tandir göşt, somsa, norin, özbek kabobi va holva hisoblanadi. Standart örnatiş qanday böladi? Bunda ularning retsepti, kaloriyasi, tayyorlaniş jarayoni xalqaro ekspertlar tekşiruvidan ötadi va tasdiqlanadi. Bu işlar «Lazzatli Özbekiston Xalqaro festivali 2019» (Delicious Uzbekistan 2019 world festival - DUWF-2019) doirasida amalga oşirilişi kutilmoqda» deydi assotsiatsiya raisi.

Uçraşuv davomida soha mutaxassislaridan biri, hozirgi kunda ilmiy izlaniş olib borayotgan Gulnoza Odilova bilan ham sohadagi kamçiliklar haqida suhbatlaşdik.












