20:55 / 17.07.2018
13195

Ilon Mask Tesla’dan haydalishi mumkin

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla kompaniyasidagi ijrochi direktor lavozimini yo‘qotishi mumkin. Bunga esa u va Tailandda g‘orda qolib ketgan bolalarni qutqarishda ishtirok etgan britaniyalik g‘avvos Vern Ansuort o‘rtasidagi mojaro sabab hisoblanadi. 

Ansuort Mask bolalarni qutqarish uchun ishlab chiqqan moslamani tanqid qilgandan keyin qutqaruvchini haqorat qilgan. Reuters axborot agentligi manbalariga ko‘ra, kompaniya sarmoyachilari Maskning biznesdan chalg‘iyotganidan norozi bo‘lishmoqda. Sarmoyachilarning fikricha, Maskning ommaviy bayonotlari unga o‘z ishini bajarishda xalaqit qilmoqda va kompaniya obro‘siga putur yetkazmoqda. Misol uchun, bozor ushbu mojaroga o‘z munosabatini bildirishga ulgurdi: 16 iyulda savdolar boshlanishi vaqtiga Tesla aksiyalari narxi 318 dollardan 307 dollargacha arzonlashib ketdi. Buning oqibatida kompaniya 2 mlrd dollar yo‘qotgan.   

Mask tomonidan haqoratlangan Ansuort uning ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. U 19 iyulda Angliyaga qaytgach, bu borada bayonot berishi kutilmoqda. Tesla aksiyadorlari ushbu vaziyatga izoh berishdan bosh tortishgan. Biroq kompaniyaning yirik aksiyadorlaridan biri Beyli Giffordning hamkori Jyeyms Anderson vaziyatga izoh berishga rozi bo‘lgan. Uning aytishicha, ushbu voqea juda afsuslanarlidir va tinchlik bilan hal qilinishiga umid qiladi.

Mask tanqidni ko‘tarolmay, dayver sha'niga tvitterda kurakda turmaydigan gaplar aytgan, biroq keyinroq postini o‘chirib tashlagan.

Mavzuga oid
Top